Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Amerikalik oshiq yigit sevgilisiga oltita nikoh uzugi taqdim etdi
AQShning Mayami shahrida yashovchi yigit o‘z sevgan qiziga turmush qurish taklifini bildirish uchun oltita nikoh uzugi sotib oldi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

32 yoshli Dennis Braun unashtirish marosimiga puxta tayyorgarlik ko‘rgan. U bayram tashkilotchisini yollagan. Tashkilotchi barchasi reja bo‘yicha ketishini nazorat qilgan, stilist yigitning tashqi ko‘rinishi uchun javob bergan, bezakchilar va gulchilar bilan bir qatorda, professional fotograf ham ishlagan.

Hal qiluvchi lahzada yigit qizning oldida tiz cho‘kkan va qutini ochgan, uning ichida turli o‘lcham va shakldagi olmosli oltita nikoh uzugi bo‘lgan. Qiz bundan hayratda qolgan va o‘z roziligini bergan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 10:51
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™