Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Tbilisida uyning balkonida 27 yil turgan “Jiguli” yerga tushirildi
Gruziya poytaxti Tbilisining eng “asosiy” diqqatga sazovor obyektlaridan biri bo‘lgan ko‘p qavatli uyning to‘rtinchi qavatida qolib ketgan moviy “Jiguli” yerga tushirildi. Avtomobil to‘rtinchi qavatda 27 yil harakatsiz turgan. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Bu mashinaning tarixi ko‘pchilikka ma’lum. 1991-yilda Tbilisida yashovchi Rezo Enukidze yangi “VAZ-2106” mashinasini sotib olgan. Birinchi kechadayoq mashinaning shinalari o‘g‘irlab ketilgan. Jahli chiqqan Enukidze mashinasini yaxshi zamonlar kelgunga qadar saqlab qo‘yishga qaror qilgan va kran yordamida uni o‘z uyining balkoniga chiqarib qo‘ygan.

Bir yarim yil avval vafot etgan Enukidzening qarindoshlari yaqinda avtomobilni yerga tushirishga qaror qilgan. Mashinaning sotilishi taxmin qilinmoqda, deyarli yangi bo‘lgan shinasiz mashinaga xaridorlarning ko‘p bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 10:52
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™