Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Ukraina Rossiyaga 42 kishining o‘rniga 89 kishini taklif qildi
Ukraina Rossiyaga 42 nafar qo‘lga olingan ukrainalikni respublika hududidagi 89 kishiga almashtirishni taklif qildi. Kiyev vakili Yevgeniy Marchuk Uchtomonlama aloqa guruhi majlisida mazkur tashabbus bilan chiqdi, deb yozadi “Ukrainskaya Pravda”.

Marchukning so‘zlariga qaraganda, Ukraina almashish haqidagi taklifni yozma shaklda bir necha kun avval ilgari surgan.

“90 ga yaqin odam Yangi yilni o‘z oilalarida kutib olishi mumkin”, — dedi siyosatchi.

Kiyev Ukraina qamoqxonalarida bo‘lgan 23 nafar rossiyalikni RF qamoqxonasidagi 23 ukrainalikka almashtirishga tayyor. “Ya’ni 23 ga 23”, — deya ta’kidlaydi Marchuk. Bundan tashqari, Ukraina hukumati 19 kishi uchun yana 66 kishini taklif qilmoqda. “66 kishini topshirib, 19 kishimizni olamiz”, — deya aniqlik kiritdi mansabdor.

Uning so‘zlariga qaraganda, Ukraina almashish jarayonini 27-dekabrdayoq boshlashga tayyor.

Oliy Rada vitse-spikeri Irina Gerashchenkoning aniqlik kiritishicha, gap qo‘lga olingan ukrainalik dengizchilar haqida ketmayapti. Kiyev Moskvaga 23 nafar “siyosiy mahbus”ni ozod etishni taklif qilmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 10:53
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™