Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Yevropa Ittifoqi dollardan voz kechish rejasini ishlab chiqdi
Yevropa komissiyasi xalqaro hisob-kitoblarda yevroni yanada jozibali qilishni rejalashtirmoqda. Mazkur valyutani kuchaytirish rejasi 5-dekabr kuni chop etildi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, valyutadan foydalanish haqidagi qarorni bozor ishtirokchilarining o‘zlari qabul qilishi lozim, hech kim ularning tanlash erkinligini cheklashni rejalashtirmayapti. Biroq yevroning rolini kuchaytirish xalqaro moliyaviy tizimning barqarorligini oshirishga yordam berishi mumkin.

“Yevrodan yanada kengroq global foydalanish Yevropa biznesi uchun xavf-xatar va xarajatlarni kamaytiradi, shuningdek, uy xo‘jaliklari tomonidan to‘lanuvchi foiz stavkalarini pasaytiradi”, — deyiladi xabarda.

Bu amalga oshishi uchun yevrodan strategik sektorlarda foydalanishni oshirish tavsiya qilinmoqda. Ularga yonilg‘i (neft va gaz), foydali qazilmalar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va transport sohalari kiritiladi. Mazkur sohalarning barchasidagi asosiy o‘yinchilar bilan hisob-kitobda yevroga o‘tish haqida konsultatsiyalar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 10:54
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™