Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Italiyaning o‘nlab mafiya a’zolari Yevropa va Lotin Amerikasida qo‘lga olindi
Yevropa va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Italiyaning “Ndrangeta” jinoiy guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan qariyb 90 kishi qo‘lga olingan. Bu haqda The Local xabar berdi.

Ular butun dunyo bo‘ylab faoliyat olib boruvchi jinoiy sindikat uchun ishlashda ayblanmoqda. Xabar qilinishicha, Italiya huquqni muhofaza qiluvchi idoralari 5-dekabrda Germaniya, Belgiya va Gollandiya maxsus xizmatlari bilan qo‘shma operatsiyalar o‘tkazgan.

“Ndrangeta” mafiyasi Italiyaning janubidagi Kalabrin tog‘li hududida tuzilgan bo‘lib, dunyoning odam yashaydigan barcha qit‘asida faoliyat yuritadigan yagona uyushgan jinoiy guruh hisoblanadi. Guruhning asosiy faoliyati kokain savdosi va olingan daromadlardan biznesning turli sohalarida xaridlar qilish, deb hisoblanadi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 10:54
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™