Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Toshkentning barcha yo‘llarida ajratuvchi to‘siqlar olib tashlanmoqda: IIBB ularni xavfli deb topdi
Toshkent shahar hokimining yo‘llarni ajratib turuvchi to‘siqlarni olib tashlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.

Poytaxt IIBB YHXB tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, to‘siqlar haydovchilar, shuningdek piyodalar uchun ham xavfsiz emasligi aniqlandi.

O‘tgan oyda Toshkentning ikki markaziy ko‘chasi — Navoiy va Beruniy shoh ko‘chalarining harakatlanish qismidagi ajratuvchi to‘siqlar demontaj qilindi.

“Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, to‘siqlar nafaqat haydovchilarga, balki piyodalarga ham xalaqit beradi. Dastlab to‘siqlar piyodalar harakatlanish qismining mumkin bo‘lmagan joyidan o‘tmasligi uchun o‘rnatilgan edi. Biroq ko‘pchilik avtomobilchilar mazkur to‘siqlar sababli piyodalar deyarli ko‘rinmasligini ta’kidlagan. Shu munosabat bilan to‘siqlarni dastlab markaziy ko‘chalardan olib tashlash va monitoring o‘tkazish qarori qabul qilingan. Monitoring natijalariga ko‘ra, tegishli taklif tayyorlanib, Toshkent hokimiyatiga yo‘naltirilgan”, — deydi Toshkent IIBB YHXB yo‘l nazorati katta inspektori Aleksandr Filippov.

Filippovning ta’kidlashicha, yo‘lni mumkin bo‘lmagan joyda kesib o‘tayotgan piyoda o‘z xavfsizligi, hayoti va sog‘lig‘i to‘g‘risida o‘zi qayg‘urishi lozim.

Bugungi kunga kelib ajratuvchi to‘siqlar 30 ta ko‘chadan 26 tasida demontaj qilingan. Yaqin vaqt ichida to‘siqlar shaharning barcha ko‘chalaridan olib tashlanadi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 21:25
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™