Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Kichik Bush otasining so‘nggi so‘zlarini xotirladi
AQShning 41-prezidenti katta Jorj Bushning so‘nggi aytgan so‘zlari bu sevgi izhori edi, bu haqda prezident bilan vidolashuv marosimida uning o‘g‘li AQShning 43-prezidenti kichik Jorj Bush so‘zlab berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Kichik Bush otasiga o‘tgan juma kuni qo‘ng‘iroq qilgan va o‘sha kuni ota o‘g‘lini eshitgan, ammo deyarli gapira olmagan.

“Men otamga uni yaxshi ko‘rishimni va u eng yaxshi ota bo‘lganini aytdim”. U hayotligida aytgan so‘nggi so‘zi “Men ham seni yaxshi ko‘raman”, — deydi ko‘z yoshini zo‘rg‘a yashirgan sobiq prezident. U onasi Barbara Bushning o‘limidan so‘ng otasi kuchli bo‘lib qolganini, ammo yana uni ko‘rish istagida yashaganini aytdi.

O‘g‘il o‘z so‘zlarini endi otasi yana onasi bilan ko‘risha olishi va 3 yoshligida vafot etgan singlisi Robinni bag‘riga bosa olishi mumkinligini aytib yakunladi.

Kichik Bush otasini xotirlar ekan uning juda ajoyib ota va prezident bo‘lganini qayd etdi.

6-dekabr kuni Vashingtondagi Milliy kafedral soborida katta Bush bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi, u yakunlangach, tobut Texasga olib kelindi va o‘sha yerda dafn etildi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 21:27
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™