Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Xitoyda genetikasi o‘zgartirilgan bolalar dunyoga kelganini ma’lum qilgan olim g‘oyib bo‘ldi
Genetikasi tahrirlangan birinchi bolalar dunyoga kelgani haqida ma’lum qilgan xitoylik olim Xe Szyankuy bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Hozir genetikning qayerdaligi noma’lum, mish-mishlarga ko‘ra u qo‘lga olingan. Shuningdek, u Shenchjendagi Janubiy ilmiy-texnologiya univesitetida uy qamog‘ida saqlanayotgan bo‘lishi ham mumkin. Ammo o‘quv muassasa bu xabarni tasdiqlamadi.

Xe Szyankuy o‘tgan haftada keng jamoatchilikka DNKsi modifikatsiyalangan chaqaloqlarning dunyoga kelgani haqida ma’lum qilgani uchun hamkasblari va hukumat tomonidan jiddiy tanqidlarga uchragan.

Xitoy Sog‘liqni saqlash va rejali tug‘ilish davlat qo‘mitasi bu ish yuzasidan tekshiruv boshlagan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 06.12.2018 / 21:28
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™