Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
2018-yilning eng yaxshi filmlari nomi ma’lum bo‘ldi
Amerikaning kinosan’at instituti (AFI) 2018-yilning eng yaxshi filmlari ro‘yxatini taqdim etdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Ushbu ro‘yxatga rejissor Bredli Kuperning “Zvezda rodilas”, Rayan Kuglerning “Chernaya pantera” va Yorgos Lantimosning “Favoritka” filmlari kirdi.

Bundan tashqari ro‘yxatdan Jon Krasinskining “Tixoye mesto”, Bo Bernemning “Vosmoy klass”, Barri Jenkinsning “Yesli Bil-strit mogla bi zagovorit”, Rob Marshallning “Meri Poppins vozvrashayetsya”, Slayk Lining “Cherniy klanoves”, Pol Shrederning “Dnevnik pastirya” hamda Piter Farrellining “Zelenaya kniga” filmlari kirdi.

AFI rejissor Alfons Kuaronning “Roma” filmini alohida taqdirladi.

Amerikaning kinosan’at instituti (AFI) 1967-yilda Lindon Jonson prezidenti qoshida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi AQSh kinematografiya me’rosini saqlab qolish. Amaliyotda ushbu tashkilot eng yaxshi deb topgan filmlar “Oskar” mukofotiga davogarlik qiladi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 07.12.2018 / 10:29
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™