Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Toshkentga 45 ta yangi avtobus yetib keldi
Toshkentga 6-dekabr kuni kechqurun “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi avtoparklari uchun mo‘ljallangan avtobuslarning navbatdagi partiyasi yetib keldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Samarqanddan MAN Auto-Uzbekistan QK tomonidan ishlab chiqarilgan siqilgan gazdagi katta sig‘imli 30 ta avtobus va Samarqand avtozavodining 15 ta o‘rta sig‘imli SAZ LE60 avtobusi yetib keldi.

Mashinalarning barchasi konditsionerlar bilan jihozlangan, konditsionerli MAN avtobuslari poytaxtda ilk bor paydo bo‘ladi.

Yil yakuniga qadar ko‘rsatilgan ikki modeldagi yangi avtobuslar yetkazilishi kutilmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 07.12.2018 / 10:29
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™