Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Farg‘ona vodiysiga yo‘l olgan samolyotlar quyuq tuman tufayli Toshkentga qo‘ndirilmoqda
Farg‘ona vodiysi shaharlari— Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon va boshqa hududlarni quyuq tuman qamrab oldi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.

Yo‘llarda ko‘rish holati juda yomonlashgan bo‘lib, haydovchilar hatto tumanga qarshi faralar ham qutqarmayotganidan nolimoqda.

“Qo‘qonda dahshat darajada tuman! Farg‘ona viloyatiga yo‘l olganlar, ehtiyot bo‘linglar”, — deya ogohlantiradi “Exo Uzbekistana” Telegram-kanali foydalanuvchilaridan biri.

Tuman tufayli aeroportlarda ham muammolar yuzaga kelgan.

“HY-670 Novosibirsk — Namangan reysi bilan uchib kelgan samolyot kuchli tuman tufayli Toshkentga aeroportiga yo‘naltirilgan. Namangan aeroportidagi gorizontal ko‘rinish 0—15 metr atrofida saqlanib qolmoqda”, — deyiladi “Novosti Tashkentskogo neba” Telegram-kanalidagi xabarda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 07.12.2018 / 10:31
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™