Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Toshkentda yana bir xalqaro aeroport qurilmoqda
Prezidentning “Toshkent—Sharqiy” aerodrom bazasi asosida zamonaviy fuqarolik aviatsiyasi aeroport kompleksini qurish to‘g‘risidagi qaroriga asosan poytaxtda yana bir xalqaro aeroportni qurish ishlari davom etmoqda. Mazkur inshootni qurish “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan. Bu haqda jamiyat axborot xizmati ma’lum qildi.

Loyihaga ko‘ra, aeroport 2 ta terminaldan iborat bo‘ladi. Dastlabki terminal davlat rahbarlari va rasmiy delegatsiyalarni kutib olish uchun mo‘ljallangan. Bir vaqtning o‘zida 250 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladigan navbatdagi terminal yo‘lovchilar bilan birga ishbilarmon va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, havo kompleksida zamonaviy yuk terminali faoliyati tashkillashtiriladi.

Aeroport barcha turdagi havo kemalarini kutib oladi va ularga xizmat ko‘rsatadi. Har birining uzunligi 4000 metrni tashkil etuvchi ikkita uchish-qo‘nish yo‘laklari parvozlar xavfsizligini ta’minlashni hisobga olgan holda xalqaro talablarga javob beradigan tarzda qurilmoqda. Loyihada havo kemalarini turli noqulay ob-havo sharoitlarda ham uchish va qo‘nishini ta’minlovchi zamonaviy yorug‘lik signali, radiotexnik va meteorologik asbob-uskunalar bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunga kelib birinchi uchish-qo‘nish yo‘lida 17 ming kubometr beton quyish ishlari amalga oshirildi. Ikkinchi yo‘lning qurilishida 125 ming kubometr tuproq ishlari bajarilgan. Qurilish-montaj ishlariga 300 dan ortiq maxsus texnika jalb qilingan. 200 nafardan ziyod yuqori tajribali mutaxassis va ishchi mehnat qilmoqda.

Yaqin kunlarda yangi aeroport majmuasida ma’muriyat, “Ketring”, transformator nimstansiyalar binolari hamda yoqilg‘i quyish kompleksi va aeroportning bir maromda faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi boshqa obyektlar qad rostlaydi.

Loyihaning birinchi bosqichini 2020-yilda yakunlash rejalashtirilgan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 30.12.2018 / 19:11
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™