Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Putin: Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari juda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijiy davlatlar prezidentlari va hukumat rahbarlarini, shuningdek, xalqaro tashkilotlar rahbarlarini kirib kelayotgan 2019-yil bilan tabrikladi, deb xabar qildi Sputnik Kreml matbuot-xizmatiga tayanib.

Putin o‘z tabrik telegrammasini Markaziy Osiyo rahbarlariga ham yo‘lladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yuborilgan tabrik telegrammasida Rossiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshlik munosabatlari juda muvaffaqiyatli rivojlanayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Toshkentdagi muzokaralar ikki davlatning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va harbiy-texnik sohasidagi, qishloq xo‘jaligi va tinch atom sohasidagi hamkorligi kengayishiga xizmat qildi”, — deb qayd etgan Rossiya prezidenti.

Rossiya davlati yetakchisi, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Rossiya va O‘zbekiston barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro manfaatli aloqalarni oshirishga, va bu ikkala davlat manfaatlariga to‘liq javob berib, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik o‘rnatilishiga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 30.12.2018 / 19:11
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™