Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Taqdirlash marosimida “Afrika go‘zali”ning yasama sochi yonib ketdi
Taqdirlash marosimi chog‘ida “Afrika go‘zali — 2018” go‘zallik tanlovi g‘olibasi Dorkas Kasindaning yasama sochi yonib ketdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Nigeriyaning Kalabar shahrida bo‘lib o‘tgan tanlovda 24 yoshli Kasinda Kongo Demokratik Respublikasiga vakilalik qildi.

Internetda tarqalgan videoda Kasindaning yasama sochiga sahnadagi pirotexnika qurilmalaridan sachrayotgan uchqun tushib, alanga olganini ko‘rish mumkin. Qiz buni darhol sezmagan, ammo marosim boshlovchisi va yana bir necha kishi zudlik bilan unga yordamga kelgan.

Ular olovni o‘chirgach, marosim davom etgan.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 30.12.2018 / 19:12
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™