Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Olmaotalik velosipedda hajga yo‘lga chiqdi
Olmaotalik Talgat Jumabekov velosipedda Makkaga haj safariga otlandi, deb yozadi Tengrinews.

Ziyoratchi o‘zi bilan barcha zarur buyumlar va biroz pul olgan.

O‘z safari yo‘nalishini qozog‘istonlik oldindan rejalashtirib oldi. U Turkistondan chiqib ketishga, so‘ng Chimkent orqali Makkaga borishga qaror qildi.

“Makkaga taxminan fevral oyida yetib boraman, oy oxirida yetib boraman deb umid qilaman. Bu velosipeddagi birinchi safari emas, Yevropada, ko‘p joylarda bo‘lganman. Umuman olganda, hech narsadan qo‘rqqanim yo‘q, Parvardigorga ishonaman, boshqa kimga ham bo‘lardi? O‘z yo‘limni Turkistondan boshladim. Yetib borgach, mamlakatimizda tinchlik bo‘lishi haqida duo qilaman”, — dedi Talgat Jumabekov.

Yo‘lda ziyoratchi Toshkentga va yo‘l o‘tgan boshqa mamlakatlar poytaxtlariga ham kirib o‘tadi. Erkak issiq palatkada yoki kuchli zarurat bo‘lsa, mehmonxonada tunaydi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 30.12.2018 / 19:12
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™