Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali.

Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonasi yer uchastkasi yoki yuzasidan tubigacha suv makoni hisoblanadi.

Ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar trassalarning ijroiya topogeodeziya suratlari materiallarini ularni yerdan foydalanishning tegishli xaritalariga kiritish uchun hududiy arxitektura va qurilish organlariga taqdim etishlari shart.

Davlat qo‘riqxonalari, qo‘riqxona zonalari va davlat rezervatlarining hududlarida 110, 220 va 500 kilovoltli elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari qurilishiga Hukumatning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.

Muhofaza zonalarida quyidagi harakatlarni sodir etish taqiqlanadi:

elektr uzatish simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;
elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlariga yurib o‘tish va transportda o‘tish joylariga obyektlarni, predmetlarni joylashtirish;
taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning to‘silgan hududida bo‘lish, taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning eshiklari va lyuklarini ochish, o‘chirib-yoqishlarni va elektr tarmoqlarga ulash;
bolalar va sport maydonchalarini, stadionlarni, bozorlarni, savdo shoxobchalarini, dala shiyponlarini, mollar uchun qo‘ralarni, har qanday turdagi mashina va mexanizmlar uchun garajlar va turar joylarni joylashtirish;
axlatxonalarni joylashtirish;
zarba beruvchi mexanizmlar bilan ishlarni amalga oshirish, massasi 5 tonnadan ortiq og‘irliklarni tashlash.
Ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari bo‘lgan korxonaning yozma roziligisiz elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining muhofaza zonalari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun quyidagilar taqiqlanadi:
har qanday bino va inshootlarni qurish, mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki buzish;
har qanday turdagi kon, portlatish, melioratsiya, shu jumladan yerga vaqtinchalik suv bostirish bilan bog‘lik ishlarni amalga oshirish;
daraxtlar hamda butalarni ekish va kesish;
suv havzasi tubini chuqurlashtirish, tuproqni kavlab olish va ortish-tushirish ishlari, baliq va boshqa suv jonivorlarini suv osti changaklari bilan tutish, suv o‘simliklarini chiqarib olish;
umumiy balandligi yo‘lning sathidan 4,5 metrdan ortiq bo‘lgan mashina va mexanizmlarning o‘tishi;
0,3 metrdan ortiq chuqurlikda, shudgorlanadigan yerlarda esa 0,45 metrdan ortiq chuqurlikda qazish ishlarini amalga oshirish, shuningdek tuproqni tekislash;
agar suv oqimi balandligi 3 metrdan ortiq bo‘lishi mumkin bo‘lsa - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘orish.
Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 30.12.2018 / 19:12
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™