Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Toshkentda “Prezident archasi” tantanalari boshlandi
Toshkentdagi “Turkiston” saroyida 29-dekabr kuni “Prezident archasi” tantanalari boshlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Bayramona bezatilgan “Turkiston” saroyidagi archa atrofida Qorbobo va Qorqiz bolajonlarni raqsga chorlaydi. Turli ertak qahramonlari kichkintoylarning zukkoligini sinaydi.

Bir-biridan qiziqarli, mo‘jizalarga boy sahna ko‘rinishlari bayram ishtirokchilariga manzur bo‘lmoqda.

Bayram shodiyonalari “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi tomonidan tayyorlangan “Orzu qil!” nomli teatrlashtirilgan musiqiy dasturi bilan davom etdi.

Mazkur dastur o‘g‘il-qizlarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bolalarga Prezidentning Yangi yil sovg‘alari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, bunday tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bo‘lib o‘tmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 30.12.2018 / 19:13
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™