Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Toshkentda “Yosh jurnalistlar maktabi” ochildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Yoshlar media markazi” NNT hamda “Mening yurtim” telekanali hamkorligida yosh boshlovchilar, muxbirlar hamda operatorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Yoshlar markazida “Yosh jurnalistlar maktabi” tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Maktabning ochilish marosimida O‘zbekiston yoshlar itttifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranboyev, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosatsiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduxalikov, “Mening yurtim” telekanali direktori Qobiljon Ahmedov va jurnalistikaga havasmand yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur maktab ijodkorlari tomonidan yoshlar hayoti ommaviy axborot vositalarida keng yoritilib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tizimi uchun malakali jurnalistlar zaxirasi yaratiladi.

“Yosh jurnalistlar maktabi” o‘quvchilari teleradio, matbuot va internet jurnalistikasi bo‘yicha bilim oladi. Maktabda ustoz-shogird an’analari yo‘lga qo‘yilib, unda tashkil etiladigan mahorat darslarini taniqli ijodkorlar, professional operatorlar hamda montaj rejissyorlari olib boradi. Mashg‘ulotlar bepul olib boriladi.

Zamonaviy talablar asosida tashkil qilingan maktabda tasvirga olish maydoni, ovoz yozish studiyalari mavjud bo‘lib, “Yulduzcha”, “Men yulduzman”, “Majnuntol”, “Sardorlar”, “Kofe breyk” kabi ko‘rsatuvlar tayyorlanadi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 30.12.2018 / 19:13
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™