Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Rossiyada 40 daraja sovuqda adashib qolgan bolakay omon qoldi
Sharqiy Sibirning Yakutsk shahri tashqarisida sakkiz yoshli bola adashib qoldi, deb yozadi O‘zA mahalliy OAVlarga tayanib.

Havo harorati 40 daraja sovuq, atrofda hech zog‘ yo‘q, bolakay esa mana bir soatki uyiga olib boradigan yo‘lni topa olmayapti. Shu vaqtda mahalliy politsiya uni topib oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbol seksiyasi mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng maktab o‘quvchisi onasining ishxonasiga boradi. Onasi esa bu vaqtda u yerda bo‘lmaydi. Shundan so‘ng bolakay yolg‘iz o‘zi uyga ketishga qaror qiladi. Ammo, atrofga qorong‘ilik va tuman cho‘kkan bo‘lib, u tez orada adashib qoladi.

Farzandining uyga qaytmaganidan xavotirga tushgan ota-ona zudlik bilan politsiyaga murojaat qiladi.

Bolakayni topib olishganda uning burni va yonoqlarini sovuq urgan bo‘lgan. Hozirda u shifoxonada bo‘lib, barcha xatarlar ortda qoldi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 31.12.2018 / 12:00
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™