Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Qoraqalpog‘istonlik fuqaro 28 yildan keyin o‘z uyiga ega chiqdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani “Saraykul” ovulida yashovchi Tachmirat Hojametov 1990-yilda oila qurgan edi. Oradan 28 yil o‘tib o‘z uyiga egalik qilish huquqni qo‘lga kiritdi, deb yozadi O‘zA.

Taxiatosh davlat xizmatlari markazi binosida tuman hokimining mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi qarorini qo‘liga olar ekan, Tachmirat Hojametov 28 yillik muammoning bunday osongina, bir joyning o‘zidan qisqa vaqt mobaynida hal bo‘lganiga ishongisi kelmasdi.

– Axir o‘tgan yillarda yashayotgan xanodonimni nomimga hujjatlashtirish uchun idorama-idora yurib, barcha say’ harakatlarim behuda ketgan edi-da, – deydi Tachmirat. –Prezidentimizga rahmat, masala osongina hal bo‘ldi. Davlat xizmati markazi qisqa muddat ichida uyga egalik huquqimni tasdiqlovchi hujjatni qo‘limga tutqazdi. Bu menga va oilamga yangi yil arafasida unutilmas va eng bebaho sovg‘a bo‘ldi.

– Prezidentimizning 2018-yil 20-apreldagi "Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni ko‘plab fuqarolarning yillar davomida yechilmay kelgan muammolarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etayotir, – deydi Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i A.Orazimbetov. – Aksiya boshlanishi arafasida Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri DK Taxiatosh filialidan olingan ma’lumotiga ko‘ra tumanda 1 ming 702 ta mulk huquqi e’tirof etilmagan, o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar aniqlangan.

Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markaziga ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini olish bo‘yicha 1 ming 256 ta fuqarodan murojaatlar kelib tushgan. Bu kadastr xizmatining yuqoridagi ma’lumotiga asoslanadigan bo‘lsak, o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar egalarining 75 foizidan arizalar qabul qilinganligini anglatadi.

Murojaatlar tuman komissiyasi tomonidan o‘rganilgan. 690 fuqaroga tuman hokimining mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi qarori berilgan. 241 ta murojaat esa tuman komissiyasi tomonidan o‘rganilayotir. Mazkur aksiya 2019-yilning 1-may kuniga qadar davom etadi. Aksiya yakunlangach o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarga nisbatan mulk huquqini berish normalari bekor qilinadi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 31.12.2018 / 12:00
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™