Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Samarqand viloyatida Yoshlar Ittifoqining binosi foydalanishga topshirildi
Samarqandda 7,4 milliard so‘m mablag‘ evaziga qaytar rekonstruksiya qilingan Yoshlar markazi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda. Binoni qayta jihozlash ishlariga 1,5 milliard so‘m mablag‘ sarflangan.

Markazda viloyat yoshlari uchun barcha qulay sharoitlar yaratilgan. 526 o‘rinli shinam va yorug‘ faollar zali, 125 o‘rinli forumlar zali, 50 o‘rinli seminar va konferensiya zali, axborot-resurs markazi, “Kitob olami” brendi ostida kitob savdo do‘koni hamda 19 ta to‘garaklar shular jumlasidandir. Mazkur markaz bir vaktning o‘zida 1500 nafar yoshlarni qamrab olish imkoniyatiga ega.

Markazning tantanali ochilish marosimiga O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Qobilov hamda samarqandlik faollar ishtirok etdi.

Aytib o‘tish kerakki, 2017-yil aprel oyida davlat rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘iga muvofiq, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Samarqand shahrida joylashgan viloyat “Yoshlar markazi” binosi rekonstruksiya qilindi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 31.12.2018 / 12:00
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™