Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Peterburgda bayramona archalar odamlarning yasalgan tana a’zolari bilan bezatildi
Jamoatchi faol rassom Katrin Nenasheva Peterburgda “Gruz 300: Yangi azobli yil” aksiyasini o‘tkazdi hamda uning doirasida shahar ko‘chalaridagi archalarni qiynoqqa solingan insonlarning tana a’zolari (barmoqlar, yuz, quloqlar) bilan bezatdi. Bu haqda Daily Afisha xabar berdi.

“Tana — bu xotira va u amalga oshirilgan har qanday zo‘ravonlikni saqlab qoladi. Tana — bu tizim uchun obyekt, xususan san’at uchun ham”, — deydi Nenasheva.

Archalar shaharning diqqatga sazovor joylarida bezatildi. Nenashevaning qayd etishicha, tananing ayrim qismlarini faollar o‘tkinchilarga ulashdi, ammo odamlar bu qismlar qiynoqqa solingan insonlarning a’zosi ekanligini bilgach, undan bosh tortdi.

G‘oya mualliflaridan yana biri Nikolay Boyarshinov bo‘ldi, u “Tarmoq ishi” bo‘yicha figurant Yuliy Boyarshinovning otasi edi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 31.12.2018 / 12:02
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™