Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Magnitogorskda gaz portlashi tufayli 9 qavatli uyning podyezdi qulab tushdi. 3 kishi halok bo‘ldi
Rossiyaning Magnitogorsk shahrida gaz portlashi tufayli 9 qavatli uyning podyezdi qulab tushdi. Bu haqda “Dojd” telekanali ma’lum qildi.

Hodisa oqibatida 3 kishi — ikki nafar katta odam va bir bola halok bo‘ldi. Yana 3 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Portlash 31-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 06:00 da ro‘y berdi. Natijada ikki podyezd o‘rtasidagi arka ustida joylashgan uchinchidan to‘qqizinchi qavatgacha bo‘lgan bostirmalar qulab tushdi. 110 kishi yashayotgan 48 ta xonadon jabr ko‘rdi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 31.12.2018 / 12:02
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™