Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Nissan avtokonserni rahbari Karlos Gonning hibs muddati 11-yanvargacha uzaytirildi
Nissan avtokonserni rahbari Karlos Gonning hibs muddati 11-yanvargacha uzaytirildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Tokio sudi moliyaviy firibgarliklarda ayblagan, so‘ng ishdan haydalgan Nissan-Renault alyansi sobiq rahbari Karlos Gonning hibs muddatini 2019-yilning 11-yanvariga qadar uzaytirdi.

Ma’lumot uchun, Nissan avtokonserni rahbari Karlos Gon kuni firibgarlikda gumon qilinib qo‘lga olingandi. U 5 yil davomida mukofot tariqasida salkam 90 million dollar olgan pullarini soliq to‘lash uchun uning atigi yarmini deklaratsiya qildirgan.

Karlos Gon o‘z yordamchisiga to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni qalbakilashtirish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri buyruqlar bergan. Ayni paytda korrupsiya mojarosining har ikkala ishtirokchisi ham hibsda saqlanmoqda.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 31.12.2018 / 19:16
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™