Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Internetda millionlab marta ko‘rilgan surat chop etildi
Xitoy kompaniyasi juda yuqori kenglikdagi fotosuratni yaratdi. Bu haqda Hi-Tech.Mail.Ru xabar berdi. Shanxayning ko‘rinishi Jinkun Tech, yoki Bigpixel Technology Vorporation yordamida yaratilgan. Surat balandligi 468 metr bo‘lgan Shanxayning “Sharq marvaridi” teleminorasidan olingan.

Ushbu tasvirda odamlar qiyofasini uni zum yordamida yaqinlashtirib ming metr uzoqdan ham ko‘rish mumkin.

Fantastik surat kengligi xitoyliklarga tegishli bo‘lib — 195 gigapikselni tashkil qiladi. Bir gigapiksel — milliard piksel demakdir. Taqqoslash uchun sizning smartfoningiz taxminan 12 megapikseldan (o‘n ikki million piksel) iborat.

Ijtimoiy tarmoqlarda barcha uni xitoyliklar tomonidan yangi sputnik supertexnologiyalar yordamida yaxshi maqsadlarda amalga oshirilmagan deya muhokama qilmoqda.

Ma’lumotlariga ko‘ra, millionlab odamlar mazkur suratni tomosha qilmoqda, bugun tomosha qilganlar soni 8 million.

Texnik tomondan tasvir — 360-gradusli panoramada olingan, u hajmi bo‘yicha uchinchi va Osiyoda birinchi o‘rinda.

Ushbu surat bugungi texnologiyalar sezdirmagan holda har birimizni istalgan joydan kuzatish imkoni borligini ko‘rsatadi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 31.12.2018 / 19:17
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™