Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Janubiy Koreya yangi yildan plastik paketlardan voz kechadi
Janubiy Koreyadagi supermarket va savdo nuqtalarida plastik paketlar man etiladi. Bu haqda Yonhap xabar bermoqda.

Cheklov 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi va 11 ming supermarket, 2 ming autletga tegishli bo‘ladi. Endi xaridorlarga plastik paketlar o‘rniga qog‘oz yoki matodan tayyorlangan paketlar taklif qilinadi.

Plastik upakovkaga faqat go‘sht yoki baliq mahsulotlari uchun ruxsat beriladi.

Mazkur qoidani buzganlik uchun do‘konlar 3 million von (2,6 ming dollar atrofida) jarimaga tortiladi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 31.12.2018 / 19:18
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™