Assalom-u alaykum, Mehmon!
Bosh sahifaga | Kirish | Ro΄yhatdan o΄tish
• Yangi tarjima filmlar makoni
• Derbi.Uz - Futbol yangiliklari
• Yulduz.Asia - Yulduzlar olami
• Milliy Art guruhining yangi konserti
Qamchiq dovonida harbiylar uchun Yangi yil yarmarkasi o‘tkazildi
O‘zbekiston miqyosida shu yilning 15-dekabridan 2019-yilning 15-yanvariga qadar “Vatanparvarlik oyligi” deb e’lon qilingan.

“Daryo”ga namanganlik jurnalist Oqilxon Dadaboyev ma’lum qilishicha, Namangan viloyatida ham Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi yuzasidan bir qator tadbirlar, uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda.

Pop tumaniga qarashli, viloyatning tog‘li hududi – Qamchiq dovonida joylashgan, O‘zbekiston Mudofaa vazirligining Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda oylik doirasida Yangi yil yarmarkasi o‘tkazildi.

Harbiy qismga autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi – Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasi mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan mazkur savdo yarmarkasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari: meva-sabzavotlar, go‘sht va sut mahsulotlari, salqin ichimliklar, shirinliklar, bolajonlar uchun o‘yinchoqlar, yangi yil bayramiga kerakli buyumlar taqdim qilindi.

Manba: www.daryo.uz
Qo`shdi: Admin
Kiritilgan sana: 31.12.2018 / 19:18
Bosh sahifaga
© 2013-2018, Xabar.Org™